EnglishFrenchGermanSpanish
menu option
UptoPlay favicon

UptoPlay favicon


Ramazon Va Taqvo play online

Play Ramazon Va Taqvo APK

Ramazon Va Taqvo

The official app & game

Distributed by UptoPlay

 

Play Online

SCREENSHOTS

DESCRIPTION

Use UptoPlay to play online the game Ramazon Va Taqvo.

SHAYX MAHMUD ASAD JOSHON

RAMAZON
va
TAQVO

Tarjimon: Sayfiddin SAYFULLOH

Imom Azam mazhabidagi atoqli alloma, Naqshbandiyya tariqatining murshidi komili,
yurtimizda onlab asarlari tarjima bolgan professor, Shayx Mahmud Asad Joshonning
(1938-2001) ushbu kitobida rozaning farzligi, bu xususdagi fiqhiy ahkomlar, uning
moddiy va manaviy foydalari, jamiyat hayotiga ijobiy tasiri va taqvoning ahamiyati
haqidagi bir qator muhim shariy masalalardan bahs yuritiladi. Shuningdek, asarda
muborak uch oylar va muborak kechalar fazilati haqida malumot va tavsiyalar berilgan.
Kitob sodda, xalqchil, suhbat uslubida tartib berilgan bolib, keng kitobxonlar ommasiga
manzur boladi, degan umiddamiz.
Sayfiddin Sayfulloh




RAMAZON RAHMAT OYI

Bizni inson qilib yaratgan va imon gavhariga musharraf etgan mehribon Alloh taologa
behad hamdu sanolar bolsin!

Olamlarga rahmat bolib kelgan sevimli, mushfiq paygambarimiz hazrat Muhammad
Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar yollaymiz.

Muborak ramazon oyining rozasi Islomning besh shartidan biri bolib, paygambar
yuborilgan har bir ummatga farz qilingan. Quroni karimda: Sizlarga ham sanoqli
kunlarda roza tutish farz qilindi, Sizlardan kim bu oyga hozir bolsa, roza tutsin kabi
1
xitoblar bilan rozaning farzligi sobit bolgan va fiqhiy asoslaridan bahs yuritilgan .

Hadisi qudsiylardan birida: Roza men uchundir va uning mukofotini men beraman,
deyiladi va rozaning xos ibodat hamda ulug savobga ega ekanligiga ishora qilinadi.

Dinning ustini namoz bolsa, jamiyatniki zakot, ruhniki esa rozadir. Roza ruh
shifosidir.

Har bir ilohiy amrda oziga xos hikmat bor. Rozaning barcha xususiyati va hikmati yolgiz Allohga ayon. Bir narsa aniqki, Ramazon - rahmat va magfirat oyi, oylarning
sultoni va eng ulugidir. Roza jasadga ham, ruhga ham fayz bagishlaydi, uni qayta
tiriltiradi. Moddiy va manaviy zararlardan muhofaza etadi.

Boshqa oylarga nisbatan bu oyda Allohga yaqinlashish, ulug ajru mukofotlarga sazovor
bolish imkoniyatlari koproq. Qadr kechasinig ming oydan afzalligi, bu kechada qilingan
ibodatning ajri ming oylik qilingan ibodatning savobidan ortiqligini bir tasavvur qilib
koring! Bu oyda ixlos, samimiyat ila tavba qilsak, gunohlarimiz kechiriladi, duolar qilsak,
ijobat boladi, inshoalloh! Hatto farishtalar ham bu oyda Allohning maxsus farmonini
bajarish uchun yerga tushadilar...




Enjoy with UptoPlay the online game Ramazon Va Taqvo.

ADDITIONAL INFORMATION

Developer: Kitoblar Olami

Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.


Page navigation: