EnglishFrenchGermanSpanish
menu option
UptoPlay favicon

UptoPlay favicon


Ot Kishnagan Oqshom play online

Play Ot Kishnagan Oqshom APK

Ot Kishnagan Oqshom

The official app & game

Distributed by UptoPlay

 

Play Online

SCREENSHOTS

DESCRIPTION

Use UptoPlay to play online the game Ot Kishnagan Oqshom.

Ot kishnagan oqshom (qissa) [Togay Murod]
Muallifdan
Bu qissalar ne bir kunlarni kormadi!
Zoti nomard boldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Ogzi buzuq boldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qoli nopok boldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni ochirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar oz vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. Ot kishnagan oqshomdagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bolsak... uloq Togay Murodda ketdi!

1
Birodarlar, korgilik, korgilik!
Bir erta uygonib, kallamga qol yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Parvoyim falak boldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim.
Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta boldi. Qotir bolib qichidi.
Shunda, qishlogimiz doxtiriga bordim. Doxtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib jonadi.
Yolda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi.
Kalxonada... Uh, aytgili yoq. Doxtir degani berahm ekan. Onamni kordim, birodarlar, onamni...
Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi! Doxtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xorligimdan yiglab-yiglab uyga keldim.
Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab kordi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yigladi.
Kambagalni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, dedi.
Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloqlarimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabda-da telpagimni olmadim.
Matematika muallimimiz oyogini tirab talab etdi:
Bosh kiyimingni olmasang, dars otmayman! dedi.
Old qatorda otirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Ammo muallim oz sozida turdi:
Oquvchi darsda yalangbosh otirishi lozim! Qoida shunday!
Telpagimni kallamga bosib ushladim.
Oquvchi Qurbonov, senga aytyapman!
Miq etmadim. Muallimimiz telpagimni boshimdan yulib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi.
Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. Bolalar kallamni oftobga mengzab qiyqirdi:
Ura-a-a, kun chiqdi!




3
Birodarlar, siz soramang, men aytmayman... Oti Momosuluv emish. Yuzlari kulchadaymi, yo, suluvmi? Kozlari qorami, yo zigir gulidaymi? Qoshlari quyuqmi? Quyuq bolsa, qayrilmami? Kechasiligidan kormas emishman, bilmas emishman.
Koroydin emish. Momosuluvlar kochasida telba bolib yurar emishman. Bir nima yoqotganday tentirar emishman. Yol chetidagi toshga chonqayibman, kaftlarimni iyamgimga tirabman. Oyga mahliyo bolib-mahliyo bolib termilibman. Oyning beti kir emish. Oyga sonsiz oshiqlar mahliyo termildi. Oy qaysi oshiqqa bir opich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi?
Oyga qol siltab, orimdan turibman. Momosuluvlar devoridan oshibman. Iti yoq emish. Daraxtlar panalab, derazasiga termilibman. Olmalaridan uzib-uzib yebman. Keyin, ayvoniga, undan ichkariga kiribman. Timirskilanib, toshagini topibman. Momosuluv uygonib ketibdi, chirillayman, ket, debdi. Men yolvoribman. Qolimni uzatibman. U qolimni qaytarib, ozimga suribdi. Keyin, Momosuluvning qoyniga kiribman!
Birodarlar-e, jamiki olam bir taraf, qoyin deganlari bir taraf ekan! Ahay-ahay!
Boriga shukur qilsam bolmasmidi? Tek yotsam bolmasmidi? Qoyniga qanoat qilsam bolmasmidi?
Men tinmas, Momosuluvning kongliga-da kiribman! Oshiqona-oshiqona qadamlar bosib, konglini ovlabman. Zim-ziyo bir olam emish. Tevarak huvillab yotarmish. Qimirlagan jon yoq emish. Erkak zotining ozi tugul, izlari-da yoq emish. Behishtday bir olam emish.
Tevarakka alanglab, kular emishman: ushbu behishtga mendan ozgalar kelmabdi!
Konglimni zor bir xushvaqtlik qitiqlar emish: ushbu behishtga birinchi bolib men qadam qoyibman! Ahay-ahay!
Kozimni ochsam uy zimiston, bolishni quchoqlab yotibman.
Uyqum qochdi. Uyqumni quvalab, shiftga qarab yotdim. Chin, qishlogimizda shunday qiz bor. Oti Momosuluv.




Enjoy with UptoPlay the online game Ot Kishnagan Oqshom.

ADDITIONAL INFORMATION

Developer: Kitoblar Olami

Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.


Page navigation: