EnglishFrenchGermanSpanish
menu option
UptoPlay favicon

UptoPlay favicon


Ichingdagi Ichingdadir play online

Play Ichingdagi Ichingdadir APK

Ichingdagi Ichingdadir

The official app & game

Distributed by UptoPlay

 

Play Online

SCREENSHOTS

DESCRIPTION

Use UptoPlay to play online the game Ichingdagi Ichingdadir.

Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali ozligini, ozligi orqali Haqni Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham Ichindagi ichindadurga bir marta oshno bolgan kozi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, osha inson haqida siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning ozligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar Ozini bilgan avliyo boladi deya bejiz aytishmagan. Hazratning ozi shunday deydi: Rivoyat qiladilarki, bir podshoh oglini hunarmandlar topiga qoshib qoyibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh ogli butunlay ahmoq bolgani holda oziga orgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, ogliga Bunda ne bor? debdi. Bola Qolingdagi dumaloq, sariq va ichi bosh narsadir degach, hukmdor hayratda qolib Alomatlarini togri aytding, ismini ayt deb buyuribdi. Ogil Galvir bolsa kerak deb javob beradi. Podshoh Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat belgilarni aniq ayting-u, ammo galvirning hovuchga sigmasligiga qanday qilib farosating yetmadi? dedi afsus chekib.
Xuddi shunday, deb davom etadi Rumiy hazratlari zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar, ozlariga bogliq bolmagan narsalarni juda yaxshi biladilar, ammo ota muhim, ozlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bolganni, yani ozlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin bolgan borliq bu ularning menligi. Mavlono Rumiy insonni, avvalo, kozini ochishga va ochilgan kozlar bilan oz mohiyatiga nazar tashlashga undaydiki, bu bilan ul valiy zot insonning ozi bir butun olam kichik olam ekanligini uqtiradi.

Ichindagi ichindadur asari ulugvorlik va soddalikning bir makonu bir zamonda sigishib yashashining gozal namunasidir. Albatta, komil inson avliyolik asrori haqida koplab olimu fuzalolarning xilma-xil asarlari mavjud. Lekin ularning ayrimlarini mutolaa qilarkanmiz, ozimizni xuddi ertak oqiyotgan boladek sezamiz. Chunki ularda tasvirlangan avliyo yoki komil inson goyo osmonda uchib yurgan erkin qushchayu, sizu biz zindonda temir panjaradan uni umidsizligini kuzatib yotgan maxbus. Qushning ozodligidan, charx urib aylanishidan, baxtidan maxbusga ne naf? Qaytaga u ana shunday hur parvozi bilan bu bechoraning oz holiga konikib ketishiga tosqinlik qilib, iztirobini orttiradi, xolos. Rumiyda esa unday emas. Rumiy shohu gadoga ham, olimu avomga ham birdek xitob qiladi. Va har kimning qarshisiga oz hikmatlaridan bir koprik tashlab, boshqalar nima desa deyaversin, lekin sening ham bu yoldan otishga haqqing bor, ki sen ham undan otishga munosib va qodirsan, faqat gayrat qil-da, kel! deydi goyo. Boshqacha aytsak, Jaloliddin Rumiyning Ichindagi ichindadur asari insonlik va ilohiylik ortasiga qoyilgan mustahkam koprikdir.




Enjoy with UptoPlay the online game Ichingdagi Ichingdadir.

ADDITIONAL INFORMATION

Developer: Kitoblar Olami

Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgrartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.


Page navigation: