EnglishFrenchGermanSpanish
menu option
UptoPlay favicon

UptoPlay favicon


Garoyib Bolalar play online

Play Garoyib Bolalar APK

Garoyib Bolalar

The official app & game

Distributed by UptoPlay

 

Play Online

SCREENSHOTS

DESCRIPTION

Use UptoPlay to play online the game Garoyib Bolalar.

Do'stim Ahmad! Bir-birimiz bilan tez-tez xat yozishib turamiz, deb va'dalashgan edik. Negadir o'shanda menga unchalik ishonqiramovding... Zaynab, sen Anqarada o'zingga yangi o'rtoqlar topgach, bizlarni esdan chiqarib yuborasan, degan eding. Mana, so'zimning ustidan chiqyapman. Demak, sizlarni unutmabman. Anqaraga ko'chib kelganimizga bir hafta boldi. Yangi uyga joylashib ham oldik. Senga ilgariroq xat yozishning iloji bolmadi. Chunki yangi maktabga endi qatnay boshladim. Yangi adresimizni ham kuni kecha dadamdan bilib oldim. Xat yozishni sendan boshlayapman. To'g'risini aytganda, o'qishlar avji qizib turganida maktabni tashlab, Istanbuldan chiqib ketishga hecham ko'nglim bolmovdi, ham sinfdosh o'rtoqlarimga o'rganib qolgan edim. Axir to'rt yildan ko'p birga o'qidik-da. Ammo ilojim qancha, dadam Anqaraga yangi ishga o'tdi. Uy ichi bilan ko'chib keldik. Yaqin og'aynilari dadamga Anqaradan yaxshiroq ish topib berishdi, bu haqda senga Istanbulda ham aytgan edim. Dadam uchta sinfdosh o'rtog'i bilan hozir bir firmada ishlayapti. Uchovi ham oilasi bilan bir binoda turisharkan. Ular dadamga ham ish, ham shu binodan bo'sh uy topib qo'yishibdi. Dadamning o'rtoqlari ham bola-chaqali ekan. Bir binoda to'qqiz bola bo'lib qoldik. Yoshlarimiz har xil. Beshtamiz bitta maktabga qatnaymiz. O'zim tengi bir bola bilan bir sinfda o'qiyapman. Ukam Metin yangi maktabdan, yangi o'rtoqlaridan yotsirab yuribdi. Men bolsam hammasiga darrov ko'nikib ketdim. Hayotda ro'y beradigan muhim voqealar haqida yozib turishga kelishib olgan edik. Yangi uy, yangi maktab, yangi o'rtoqlar bular mening hayotimda muhim gap bo'ldi. Hammasi shu, boiak yangiliklar yo'q. Istanbuldagi sinfdosh o'rtoqlarimni juda tez sog'inib qoldim. Sizlar bilan qachon va qayerda ko'rishamiz endi? Menga o'xshab sen ham bergan so'zingning ustidan chiqasan, deb ishonaman. O'rtoqlarning hammasiga mendan salom aytib qo'y. Hammangizga muvaffaqiyat tilayman.




Enjoy with UptoPlay the online game Garoyib Bolalar.

ADDITIONAL INFORMATION

Developer: Kitoblar Olami

Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.


Page navigation: