EnglishFrenchGermanSpanish
menu option
UptoPlay favicon

UptoPlay favicon


Songgi Chora play online

Play Songgi Chora APK

Songgi Chora

The official app & game

Distributed by UptoPlay

 

Play Online

SCREENSHOTS

DESCRIPTION

Use UptoPlay to play online the game Songgi Chora.

Assalomu Alaykum.
Akbar Mirzo
Songgi chora (qissa)

Kechki ovqatdan song bolalar dars tayyorlashga kirib ketishgach, Malika erining yonida uzoq
qololmadi. Charchadim, deya yotogiga shoshildi.
Tashqaridagi chiroq nurlari ikkinchi qavatdagi xonalarga gira-shira tushgani bois, yotoqxona
ichi xiragina yorishib turardi.
Kozlarini yumdi. Shu koyi ancha yotdi. Ammo uyqu qayoqda. Kozlarini qandilga tikarkan,
yuragiga nechundir gulgula solgan, uni nogoh tashvishga qoygan bugungi uchrashuv haqida
oylay boshladi. Aslida bu oy tushdan keyin uni bir zum tark etmagan, hozirgina eri bilan
xontaxta atrofida yolgiz qolishganida ham xayolida edi. Eri nechundir bir-ikki qarab qoyganda
beixtiyor bezovtalanib qoldi. Yana ozgina otirsa xuddi ish haqida soz ochilib qoladiganday,
bugungi kuni qanday otganini sorab-surishtiradiganday charchaganini rokach qilib ornidan
turdiyu dasturxonni yigishtira boshladi.
Tan olmay iloji yoq. Bu kutilmagan uchrashuv uni ancha shoshirib qoydi. Institutda birga
oqishgan, ammo on uch yildan buyon biror marta ham korinmagan Bahrom ismli yigit xuddi
shu bugun tushdan keyin toppa-togri xonasiga kirib kelsa-ya! Yuragi shig etib, qorqib
ketdi, lekin buni sezdirmaslikka harakat qildi. Taajjubga tushdi, hayron ham boldi, ammo tezda
ozini qolga olarkan, sovuqqina qarshiladi. Biroq qol uzatib korishayotganida barmoqlari
bilinar-bilinmas titraganini sezdi, joyiga otirib stoli ustidagi kichkina dumaloq kozguga koz
qirini tashlaganda esa rangi ham bir oz oqargan ekan. Ichki qorquvni yengib, eski tanishiga
qararkan butunlay xijolatga tushib qoldi: chanqoqdan sillasi qurigan yolovchi, nogoh bir
xoplam suvni korib tashnaligini tezroq qondirmoq uchun unga bor vujudi bilan talpinganday,
Bahrom ham joyida otirolmas, tinmay yoniga kelishga intilar, kozlari chaqnagan bu odam
qoyib bersa, hech narsadan tap tort-may, uni bagriga bosgudek his-hayajonda edi. Buni sezgani
uchun ham xavotirga tushdi. Indamay kelib shart opib olganda nima bolardi? Xuddi shu
holatga birortasining kozi tushib qolganda-chi?
Malika, balki bu narsalar haqida oylamaslik kerakdir deganday, yostigining ostidan kecha sotib
olgan Hazrati ayol nomli kitobni oldi. Lekin uni oqish uchun chiroqni yoqish kerak edi.
Turishga erindi. Narigi xonaga quloq tutdi. Bolalar yo mukkasidan ketib dars tayyorlashyapti
yoki jimgina otirib shohmot oynashyapti. Uncha katta bolmagan oshxonada esa eri hamon
televizor koryapti shekilli, qandaydir futbol oyinining shovqini eshitilib turardi.
Yoq, yaxshilab oylab olishim kerak. Agar u tentak ertaga yana keladigan bolsa, orani ochiq
qilmasam bolmaydi, Malika eshik tomonga bir qarab qoydi-da xayolidan kechayotgan
fikrlarni quvib yetdi. Bunaqada odamni sharmanda qilishi hech gapmas.




Enjoy with UptoPlay the online game Songgi Chora.

ADDITIONAL INFORMATION

Developer: Kitoblar Olami

Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.


Page navigation: