Hukmdor Makiavelli

Hukmdor Makiavelli
The official app & game
Distributed by UptoPlay
SCREENSHOTS
DESCRIPTION
Use UptoPlay to play online the game Hukmdor Makiavelli.
MAKIAVELLI (Machiavelli) Nikkolo di Bernardo (1469.3.5.
Florensiya 1527.22.6.) italiyalik jamoat arbobi, siyosiy mutafakkir,
yozuvchi, tarixchi, harbiy nazariyotchi. Florensiyada kambagallashib qolgan
patritsian oilasida tavallud topgan. Makiavelli Florensiya respublikasida
14 yil davomida onlar Kengashining kotibi bolib, muhim diplomatik
vazifalarni bajargan. Siyosiy tontarishdan keyin Medichi oilasi hokimiyatni
qayta egallagach, Makiavellini hokimiyatga qarshi fitnada gumonsirab ishdan
chetlashtirgan va Florensiyaga yaqin bolgan mulkiga badarga qilingan. Buning
davomida Makiavelli barakali ijod qildi. Uning teologik qarashlariga zid
holda davlat masalasiga dunyoviy nuqtai nazardan yondoshgan; ijtimoiy
taraqqiyot qonunlarini tarixiy malumotlarga, real faktlarga asoslanib
tushuntirishga harakat qilgan. Makiavelli respublikani davlatchilikning eng
maqul shakli deb hisoblagan, chunki u boshqaruvning eng maqsadga muvofiq
shakli bolib, har bir fuqaroni davlatning taqdiri uchun masul qilib qoyadi.
Ammo respublika boshqaruv shakli doim ham mumkin emas, chunki agar xalqda
fuqarolikning yaxshi, ezgu sifatlari har tomonlama rivojlanmagan bolsa,
erkin siyosiy tashkilotlarni saqlab bolmaydi. Makiavelli uchun siyosiy ideal
bolgan Rim respublikasi ozining pudratiga rimliklarda respublikachilar
ruhini tarbiyalaganligining natijasida erishgandi deb takidlaydi.
Makiavelli Italiya sharoitida yakka hukmdorlik ornatish tarafdori boldi.
Uningcha, kuchli hukmdorgina milliy jihatdan birlashgan yagona mustaqil
italiyan davlatini tuza oladi. Makiavelli ozining mashhur Davlatpanoh
asarida xalqda fuqarolik xislatlari kamol topmagan sharoitda kuchli davlat
barpo etishning usullarini bayon etadi. Makiavellining fikricha, davlat
asosini har qanday axloqiy tamoyillardan xoli bolgan zorlik tashkil etadi.
Shuning uchun, siyosiy maqsadga erishishda va davlatni mustahkamlashda xiyonat,
surbetlik. hatto zarur paytda kuch ishlatish kabi turli vositalardan
foydalanish mumkin deb hisoblaydi. Axloq qonunlarini nazar-pisand
qilmaydigan bunday siyosat keyinchalik m a k i a v ye l l i z m deb atala
boshlangan. Asosiy asarlari: Tit Liviyning birinchi dekadasiga doir
mulohazalar (1513), Davlatpanoh (1513), Florensiya tarixi (1520-1525),
Harbiy sanat haqida (1520).
Falsafa qomusi kitobidan
Enjoy with UptoPlay the online game Hukmdor Makiavelli.
ADDITIONAL INFORMATION
Developer: Kitoblar Olami
Recent changes: - Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Page navigation: